Uchrashuvda kino sanʼati sohasida oʻzaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish boʻyicha ulkan imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi. Bu borada kadrlar salohiyatini oshirishga koʻmaklashish, yosh kinoijodkorlarni ragʻbatlantirish, ikki mamlakat hududida birgalikda filmlarni suratga olish singari hamkorlik yoʻnalishlari atroflicha muhokama qilindi.
Sandip Marva joriy yil sentyabr oyida “Ipak yoʻli marvaridi” Toshkent xalqaro film festivalining oʻtkazilishi hind kinoijodkorlari uchun ham quvonchli voqea ekanligini eʼtirof etdi. U mazkur xalqaro tadbirda Hindiston film ijodkorlari, xususan, prodyuserlar, rejissyorlar, aktyor va pedagoglarning faol ishtirokini taʼminlash masalalari muhokamasiga alohida eʼtibor qaratdi.
Dunyo AA taʼkidlashicha, uchrashuv chogʻida Osiyo film va televideniye akademiyasida oʻzbekistonlik yosh film ijodkorlarining malakasini oshirish, akademiyada tahsil olayotgan yoshlarni festivalga taklif qilish imkoniyati bilan bogʻliq masalalar ham koʻrib chiqildi.