Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Ayman Safadi bilan ikkita muhim hujjat imzolandi.
— Diplomatik pasport egalari uchun vizasiz kirish toʻgʻrisidagi hukumatlararo kelishuv;
— Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2025-2027-yillarga moʻljallangan qoʻshma hamkorlik dasturi imzolandi.
“Uchrashuvimizda ikki tomonlama munosabatlarimizga yangi dinamikani olib kirishga alohida eʼtibor qaratdik. Shubhasiz, oldimizda birgalikda amalga oshirish uchun ulkan salohiyat mavjud. Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turizm oqimini oshirish, birodar shaharlar va xalqlar oʻrtasidagi rishtalarni rivojlantirish va turli sohalarda hamkorlikni jadallashtirish mavzulari bugungi kun tartibimizdan oʻrin oldi“ — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.