“Oʻzbekiston aeroportlari« AJning maʼlum qilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 21:10 da Lahordan uchib kelgan «Boeing 737” havo kemasi “Toshkent” xalqaro aeroportiga qoʻndi.

Reys orqali mamlakatimizga oziq-ovqat mahsulotlari, xususan 17 tonna goʻsht yetkazib berildi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu loyiha doirasida kelgusida yuk tashish hajmini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan. Istiqbolda bir reys orqali tashiladigan yuk hajmini 100 tonnagacha yetkazish koʻzda tutilmoqda.

Ilk yuk reysi yuqori sigʻimli yuk parvozlarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan “Air Speed Charter” aviakompaniyasi tashabbusi bilan Pokistonning “Air Eagle” aviakompaniyasi tomonidan bajarildi.