Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.
Uchrashuv chogʻidagi muzokaralar davomida bojxona tartibotlarini soddalashtirish, bojxona axborot tizimlarini uygʻunlashtirish, zamonaviy logistika markazlarini qurish, shuningdek, yuk tashish va yetkazib berishda vaqt hamda moddiy xarajatlarni kamaytirish uchun chegara oʻtish punktlarini modernizatsiya qilish masalalari koʻrib chiqildi.
Jumladan:
- Gʻishtkoʻprik (Oʻzbekiston) – Jibek Joli (Qozogʻiston) va Davut-ota (Oʻzbekiston) – Tajen (Qozogʻiston) asosiy chegara oʻtkazish punktlarida taʼmirlash ishlarini tezlashtirish orqali savdo hajmini va turizm koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
- Sirdaryo viloyati hududida tashkil etilayotgan Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi yaqinida joylashgan Sirdaryo–Atameken chegara oʻtkazish punkti infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
- Tomonlar meva-sabzavot va boshqa tez buziladigan yuklarni tashishda qulayliklar yaratish, ularning tezkor harakatlanishini taʼminlash maqsadida «yashil yoʻlak« tizimini joriy etish istiqbollarini muhokama qildilar.
Boʻlib oʻtgan uchrashuv Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, logistika va transchegaraviy hamkorlikni kengaytirish, ikki davlat oʻrtasidagi tovar aylanmasi va transport-tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi.