Uchrashuvda O‘zbekistonning xususiy sayyohlik tashkilotlari assotsiatsiyasi va Shri-Lanka yo‘nalishida faoliyat yuritadigan yetakchi sayyohlik kompaniyalari vakillari ham ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari turizmning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar, O‘zbekiston va Shri-Lankaning turistik salohiyati, jozibali yo‘nalishlari va sayyohlik mahsulotlari bilan tanishdilar.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat uchun sayyohlik sohasidagi ikki tomonlama qonunchilik bazasini mustahkamlash, O‘zbekiston xususiy turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi va Shri-Lankaning turizmni rivojlantirish byurosi a’zolari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, veb-seminarlar va biznesni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.