Anjumanda Oʻzbekiston qitʼa chempionati kabi yirik turnirlarni oʻzida bemalol qabul qila olishi, buning uchun kerakli infratuzilma va barcha sharoitlar borligi taʼkidlandi.

Musobaqani oʻtkazish uchun maxsus sertifikat Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bosh kotibi Xurshid Atakulovga topshirildi.

Olimpiya oʻyinlariga litsenzion reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur nufuzli turnir Toshkentda yangi bunyod etilgan “Olimpiya shaharchasi” hududidagi velodromda boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.