O‘zbekiston velosportchilari Portugaliyada o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

    O‘zbekiston velosportchilari Portugaliyada o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada «Parij -2024» Olimpiya o‘yinlari yo‘lida reyting ochkolari uchun kurashadi.

    Miliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu musabaqa “Parij-2024” yozgi Olimpiada o‘yinlari yo‘lida qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladi.

    22 yanvarga qadar davom etadigan bellashuvlarda sportchilarimiz «ochkolar bo‘yicha poyga», “omnium”, “skretch”, “medison” dasturlarida qatnashadi.

    Portugaliyadagi xalqaro turnirda Daniil Yevdokimov, Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov, Vladislav Troman, Edem Eminov, Margarita Misyurina, Sofiya Karimova va Nafosat Qo‘ziyeva singari velosportchilariz Vatanimiz sharafini himoya qiladi.