Ozarbayjonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari davom etmoqda.
Quvonarlisi, bir guruh oʻzbekistonlik sanʼatkorlar Ozarbayjonning yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi va mukofotlar tantanali topshirildi.
Xususan, Oʻzbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayevaga “Ozarbayjon xalq artisti” unvoni topshirilgan boʻlsa, Oʻzbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov va Oʻzbek davlat simfonik orkestri bosh dirijori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Kamoliddin Oʻrinboyev “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Eslatib oʻtamiz, Ozarbayjon Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi farmoyishi bilan Nasiba Abdullayeva “Ozarbayjon xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangandi.