O'zbekistonda 138 ta Oilaviy bolalar uylari faoliyat ko'rsatmoqda

    23 ta Mehribonlik muassasalarining faoliyati esa tugatildi.

    Bu haqida Milliy gvardiya rahbariyati ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.

    Unga ko'ra, Prezidentning qaroriga asosan, bugunga qadar 23 ta Mehribonlik muassasalarining faoliyati tugatildi (14 ta Mehribonlik uyi, 4 ta Bolalar shaharchasi, 5 ta Bolalar uyi (go'daklar). Mehribonlik muassasalaridan jami 2 448 nafar tarbiyalanuvchi chiqarilgan.

    Shundan:

    – 694 nafari ota-onasi va yaqin qarindoshlariga qaytarilgan, 516 nafari farzandlikka, vasiylikka, homiylikka, patronatga berilgan;

    – 753 nafari 138 ta Oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga berilgan, 211 nafari o'qishga kirgan (50 nafari oliy, 161 nafari o'rta-maxsus ta'lim muassasasiga);

    – 18 yoshga to'lgan 118 nafari mustaqil hayotga chiqarilgan, 156 nafari muruvvat, saxovat va boshqa mehribonlik muassasalariga o'tkazilgan va hisobdan chiqarilgan.

    Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan jami 138 ta Oilaviy bolalar uylarida esa 744 nafar bola tarbiyalanmoqda.