Bu haqda Sanepidqoʻmita Axborot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, har yili 2-10 yoshli bolalarni ichak gelmintiozidan ommaviy davolash samaradorligini baholash uchun davolashdan oldin va keyin laboratoriya tekshiruvlari oʻtkaziladi.

Degelmintizatsiya tadbirlari Prezidentning “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son va “Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-iyuldagi PQ-5198-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash hamda bolalarni gelmintozlardan sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari samarasini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.

2023-yil oxirigacha (oktabr-noyabr oylarida) 2-10 yoshli bolalar uchun degelmintizatsiyaning navbatdagi bosqichini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Ushbu muolaja oldidan respublikaning barcha hududlarida 2023-yil sentyabr oyida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 6-sentyabrdagi 02449-sonli koʻrsatma xati asosida davlat maktabgacha talim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini va maktablar 1-4 sinf oʻquvchilarini gelmintozlarga laboratoriya tekshiruvlari bilan qamrab olish maqsadidi laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilmoqda.

Oʻtkazilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash maqsadida degelmintizatsiya tadbirlaridan ikki haftadan soʻng xuddi shu kontingentlar orasida laboratoriya tekshiruvlari qayta amalga oshiriladi, yaʼni  degelmintizatsiyadan oldin va keyin bolalarda ichak gelmintozlari bilan kasallanish darajasi oʻrganiladi.

Oʻtgan yillarda oʻtkazilgan bunday tadqiqotlar oʻz samarasini koʻrsatdi, yaʼni  gelmintlar bilan kasallanish 3-4-martaga kamaydi.