Milliy statistika qoʻmitasining maʼlum qilishicha, mazkur koʻrsatkich 2025-yildagi yillik inflyatsiyaning oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlari hamda xizmatlar boʻyicha narx indekslari asosida alohida indeksatsiya qilingan holda hisoblab chiqilgan.
Qayd etilishicha, Jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan kambagʻallik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan boʻlib, mazkur koʻrsatkichdan:
- davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy koʻmaklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
- mamlakatning kambagʻallik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real isteʼmol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
- kambagʻallikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
- pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambagʻal oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy koʻmaklarni koʻrsatishda mezon sifatida foydalaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasida ham mazkur amaliyot ilgʻor xalqaro tajriba va tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan va oʻrnatilgan tartibda qabul qilingan uslubiyot asosida amalga oshirib kelinmoqda.