Bu haqda u poytaxtimizda davom etayotgan xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida “Ijtimoiy xizmatlarning kambagʻallikni qisqartirishdagi oʻrni: Barqaror rivojlanish sari yoʻl” mavzusida xalqaro davra suhbatidagi maʼruzasida aytib oʻtdi.

«Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2019-yil oxirida Oʻzbekistonning aholi jon boshiga yalpi ichki mahsuloti 1800 dollarni, aholi soni esa 34 mln kishini tashkil etgan.
2020-yil oxiriga kelib, 6 mln.ga yaqin odam kambagʻallik chegarasidan tashqarida yashagan. Kambagʻallik muammosini kun tartibidagi asosiy muammolardan biri sifatida hal qilish kompleks va samarali strategiyalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo qildi.«, — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Xakimov.
«2020-yil boshidan buyon kambagʻallik darajasi sezilarli darajada – 23 foizdan 11 foizga pasaydi. Maqsadimiz ana shu ijobiy tendensiyani davom ettirish va 2030-yilga borib kambagʻallik darajasini 5 foizgacha kamaytirishdir.
Fuqarolarimizning turmush sharoitini yaxshilash muhim ahamiyatga ega boʻlib, tashabbuslarimiz samaradorligini aks ettiradi.« — dedi Markaz direktori.