Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonda 11 ta yangi masjid davlat roʻyxatidan oʻtkazildi va ularning soni 2112 taga yetdi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

Oʻz navbatida, 2022-yilning 9 oyi davomida 49 ta masjid qayta qurilib, 35 tasi qayta taʼmirlangan.

“Bundan tashqari, hozirgi kunda respublikada 325 ta masjidda qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.