Maʼlum qilinishicha, toʻlangan soliqlarning 99,9 foizi elektron xizmatlar koʻrsatuvchi quyidagi 10 ta yirik xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi:

  • Meta — 41,7 mlrd soʻm;
  • Google — 29 mlrd soʻm;
  • Apple — 27,3 mlrd soʻm;
  • Amazon — 4,1 mlrd soʻm;
  • Booking.com — 3,6 mlrd soʻm;
  • Netflix — 1,4 mlrd soʻm;
  • Zoom — 1,4 mlrd soʻm;
  • ACCA — 1,2 mlrd soʻm;
  • Xsolla — 966,7 mln soʻm;
  • TikTok — 903 mln soʻm.

Amaldagi tartibga muvofiq, elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslar har chorakdan keyingi oyning 20-kuniga qadar soliq hisobotlarini taqdim etishi va belgilangan soliq toʻlovlarini amalga oshirishi shart.

Maʼlumot uchun: elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalarni soliqqa tortish mexanizmi Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotda shaffoflikni taʼminlashga xizmat qilmoqda.