O’zbekistonda ilk bor boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun xorijiy til yo’nalishidagi oromgoh faoliyati yo’lga qo’yildi

    Keyingi avlod 24 Avgust 2022 1102

    Endi yoshlarimiz nafaqat yozgi ta’tilni maroqli o’tkazishadi, balki xorijiy tillarni ham o'rganib qaytishadi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy Tillarni O‘rganishni Ommalashtirish agentligi Samarqand vakilligi hamda Xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi oromgohlarda chet tili muhiti yaratilmoqda. Bundan asosiy maqsad nafaqat ta’til davrida bolalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, balki xorijiy tilga bo’lgan qiziqishini orttirishdir. Bu say harakatlarning negizida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy tillarga bo'lgan e'tibori yotadi.

    Shu harakatlarning biri bo'lgan xorijiy tillarni o’rganishni targ’ib qilishni nafaqat shahar markazlarida, balki tumanlarda ham yo’lga qo’yish agentlik tomonidan alohida e'tiborga sabab bo'lmoqda. Xuddi shunday o'zgarishlar misolida Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan, Xalq ta’limi bo’limiga qarashli "Qaldirg’och" nomli oromgohni olsak bo'ladi. Ushbu oromgohni boshlang'ich o'quvchilar uchun xorijiy tillarga ixtisoslashtish maqsadida agentlikning Samarqand viloyat vakilligi boshlig’i Muxammadxon Soliev tashrif buyurdi. Agentlik vakillari oromgoh shart-sharoitlari bilan tanishib, uni qay tarzda xorijiy til muhitiga aylantirish bo'yicha maslahat ishlarini olib borishdi. Shu bilan birgalikda Gretsiyaning MM Publication nashriyoti tomonidan "Innovative Centre" o’quv markaziga keltirilgan "Hi Kids!" yangi va innovatsiyon ingliz tili o’quv qo’llanmalari bepul taqdim etildi va uni boshlang'ich o'quvchilarning ingliz tilini o'rganishi uchun ishlatish bo'yicha ko'rgazma qilindi.

    Hozirda yangi lager faoliyati kezkin o'zgargan desak mubolag'a bo'lmaydi. Shu o'zgarishlardan biri bu oromgohning yangi ko'rgazmali qurollari bo'lib, ular oromgohdagi bolalarning ingliz tilini o'rganishi uchun qulay muhitni yaratadi. Bundan tashqari oromgoh nafaqat xalqaro expertlar tomonidan yaratilgan o'quv qo'llanmalaridan foydalanishmoqda, balki yangi interaktiv o'yinlar ham bolalarning ingliz tiliga bo'lgan qiziqishini yanada orttirmoqda.

    Agentlikning Samarqand vakilligi boshlig'i Muxammadxon Soliev ushbu harakatlarning sababi haqida shunday deydi:

    Bolalarga xorijiy tillarni o’rgatisah bugungi kunda dolzarb masalalardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. Zamon o’zgarib, globbalashuv jarayoni tezlashmoqda agar farzandlarimiz chet tillarini o’rgansa shubhasiz ularning madaniyati urf-odatlarini ham o’rganadi, tijorat va ilm-fandan andoza oladi yuksaladi.

    Xorijiy tillarni o'rganish yoshlarimizning boshqa xalqlar haqidagi tushunchasini va dunyo qarashini oshiradi. Ularning kelajakdagi faoliyatlari uchun xorijiy tillarni bilishlari juda muhim va shu sababli ham agentlikning ushbu say harakatlari xalqimiz yoshlarining yuksak kelajaklari uchun qilinayotgan investitsiyadir. Agentlik ushbu jarayonni endi nafaqat yozgi oromgohlar, balki yilning istalgan vaqtida tashkil qilinishi mumkin bo'lgan til kemplari "language camp" sifatida yo'lga qoyish istagida.

    Parviz Subxankulov

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni

    o‘rganishni ommalashtirish agentligi Samarqand viloyat vakilligi loyihalar menejeri.