Hiyobon va yer ostidagi avtomobil yo‘li Al-Xorazmiy va I.Karimov ko'chalari kesishmasida joylashgan bo'ladi. Mazkur loyihani amalga oshirilishini, chorrahada avtotransport vositalarining harakatini svetoforlarsiz ta'minlash va tartibga solish maqsadida qurish taklif qilindi. Transport yechimi Al-Xorazmiy ko‘chasidan tunnel tipidagi temir-beton yo'l o'tkazgichidan iborat bo‘lib, I.Karimov ko'chasi yo'l o'tkazgich ustidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O'zbekiston Respublikasi rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan amalga oshirish rejalashtirilayotgan ushbu loyiha "Boshtransloyiha" aksionerlik jamiyati mutaxassislari tomonidan tunnel tipidagi yo'l o'tkazgichning 4 ta varianti ishlab chiqilgan va ulardan eng muqobil varianti tanlandi. Yo'l o'tkazgichning umumiy uzunligi – 500,72 m, tunnel harakatlanish qismining balandligi – 5,5 m, tunnelning kengligi – 17,10 m.
Yer osti avtomobil yo'lining qurilish ishlarini ushbu sohada katta tajribaga ega bo'lgan “Ko‘prikqurilish” Tresti UK mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Axborot-tahliliy media markazi