“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Rangsiz tushlar” filmi Bangladeshda oʻtkazilgan xalqaro kinofestivalda “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Ayub Shahobiddinov suratga olgan mazkur film premyerasi kuni kecha boʻlib oʻtgan edi.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi film ijodkorlari va ssenariy muallifi Umid Hamdamovni ushbu yutuq bilan tabriklaydi.