2024-yil 1-iyul holatiga mamlakatimiz aholisi 37,2 mln nafarni tashkil etib, ulardan 15 mln 089 ming nafari (41 foizi) iqtisodiy faol yaʼni, mehnat qilishga tayyor aholi hisoblanadi.
Shundan, 14 mln 213 ming nafari (94 foizi) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilmoqda.
Xususan:
- rasmiy sektorda – 6,8 mln (48 foiz);
- norasmiy sektorda – 5,5 mln (38,8 foiz);
- xorijda ishlayotganlar – 1,9 mln (13,6 foiz).
Bugungi kunda respublika boʻyicha 876 ming nafar ishga joylashishga muhtoj aholi mavjud (yil boshida 1 024 ming nafar, -148 ming).
Mehnatga layoqatli aholi oʻrtasida ishsizlik darajasi yil boshiga nisbatan 1 foiz punktga yoki 6,8 foizdan 5,8 foizga kamaydi.