2022-yil davomida Oʻzbekistonda turli sohalarda 2,7 million aholining doimiy bandligi taʼminlangan. 4 milliondan ziyod aholi mavsumiy mehnatga jalb etilgan.
Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlumot berdi.
Yuridik shaxslar tomonidan 1 million 335 ming, shundan yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 305 ming aholining doimiy bandligi taʼminlandi.
Bandlikni taʼminlash borasidagi ishlar natijasida oʻtgan yilda respublikada yil boshiga nisbatan ishsizlik 9,6 foizdan 8,9 foizga kamaygan.