Unga koʻra, strategiyani amalga oshirish doirasida quyidagilar kambagʻallikni qisqartirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilanadi:
- ijtimoiy himoya tizimining inklyuzivligini oshirish, kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning daromadini oshirish va turmush sharoitini yaxshilash;
- aholining ehtiyojmand qatlami tomonidan taʼlim tizimining barcha bosqichlaridan va sogʻliqni saqlash tizimidan bepul yoki imtiyozli foydalanish imkoniyatini kengaytirish;
- aholining ehtiyojmand qatlamining bandlik darajasini oshirish hamda ularga mehnat bozorida yuqori daromadli ish oʻrinlarini topishiga koʻmaklashish;
- tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish hamda aholi ehtiyojmand qatlamining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini kengaytirish;
- hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda bevosita kambagʻallikni qisqartirishga alohida eʼtibor qaratish;
- muhandislik-infratuzilma obyektlarini qurish va ulardan foydalanishni standartlashtirish, aholining muqobil energiyadan va zamonaviy aloqa kommunikatsiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish;
- atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikka erishishda xalqaro standartlarni qoʻllash orqali iqlim oʻzgarishining aholi salomatligiga salbiy taʼsirini yumshatish;
- ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni erkinlashtirishga qaratilgan tarkibiy islohotlarni davom ettirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash.
Oʻzbekiston Respublikasida kambagʻallikni qisqartirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi tashkil etiladi.
Shuningdek, Kengash tomonidan strategiyani ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun nufuzli xalqaro tashkilotlar, milliy ilmiy-tadqiqot muassasalari ekspertlari va mutaxassislari jalb etiladi.