Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Turkiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Malakalarni rivojlantirish tashkiloti rahbari Mustafa Nejmi Ilhan bilan Oʻzbekiston — Turkiya malakalarni baholash markazini tashkil qilish boʻyicha muloqot oʻtkazdi.
Vazirlik taklifiga koʻra mehmonlar 4 kun davomida Toshkent shahri, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi “Ishga marhamat” monomarkazi hamda Kasb-hunarga oʻqitish markazlari faoliyatini oʻrgandi.
Oʻrganishlardan kelib chiqib Turkiyaning ilgʻor tajribasi asosida Oʻzbekistonda malakalarni baholash va kasb-hunarlarni sertifikatlash tizimni joriy etish boʻyicha qilinishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan taqdimot oʻtkazdi.
Malakani baholash nima beradi?
▪️Qoʻlida kasb-hunari bor hamyurtlarimiz shu yerning oʻzida Yevropa davlatlarida tan olingan xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritadi.
▪️Xorijga tayyor mutaxassis sifatida ishga boradi.
Bugungi kunda Turkiyada 270 ta kasbiy malakani baholash markazi faoliyat yuritmoqda, 911 ta malaka standarti joriy qilingan, 200 dan ortiq kasblar majburiy sertifikatlanadi.