Oʻzbekiston Ochiq maʼlumotlar portali “Open Data Institute”ning oltin darajadagi sertifikatiga sazovor boʻldi

    Joriy yilning 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali data.egov.uz Londondagi Ochiq maʼlumotlar Instituti (ODI) baholash tizimi boʻyicha “ Gold level” oltin darajadagi sertifikatini qoʻlga kiritdi.

    Maʼlumot oʻrnida: “Open Data Institute” tomonidan taqdim etiladigan turli darajadagi sertifikatlarni dunyodagi 155 mingdan ortiq sayt va portal olgan.

    Eng yuqori boʻlgan “Platinum level” darajadagi sertifikatga ega boʻlgan atigi 3 ta saytdan biri – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti - stat.uz. boʻlsa, “Gold level” oltin darajadagi sertifikatga ega boʻlgan jami 9 ta sayt va portaldan biri – data.egov.uz – Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali hisoblanadi.

    Ochiq maʼlumotlar sertifikati ochiq maʼlumotlarning sifatli nashr etilishini baholash va tan olish uchun Ochiq maʼlumotlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan va qoʻllab-quvvatlanadigan bepul onlayn vositadir.