Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinishi rejalashtirilayotgan masalalar ko'rib chiqilgan. Xususan, “Yo'l harakati to'g'risida”gi qonun shular jumlasidan.
Ta'kidlanishicha, so'nggi paytlarda yo'l-transport hodisasi oqibatida ko'plab insonlar qurbon bo'layotgani sohani tartibga soluvchi amaldagi qonunga tegishli o'zgartirishlar kiritishni hamda uni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Shu maqsadda “Yo'l harakati to'g'risida”gi qonunning yangi tahriri ishlab chiqilgan.
Qonundagi eng muhim yangiliklardan biri ko'p kvartirali uylarga tutash hududlarda to'xtab turish joylarini qurish va atrof-muhit, aholining sog'lig'i va osoyishtaligiga transport vositalarining salbiy ta'sirini kamaytirish nazarda tutilmoqda.









