Bu haqda "O'zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi
Koronavirus epidemiyasi ta'sir va oqibatlariga qaramay, mamlakatimizda oziq-ovqat sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, import o'rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish ishlari izchil davom etmoqda.
2020 yilning yanvar`-may oylarida "O'zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi, investorlar, mahalliy hokimliklar ko'magida qiymati 268,2 mlrd. so'mlik, quvvati 168 ming tonna bo'lgan 50 ta hududiy loyiha ishga tushirildi.
endilikda Jizzax viloyatidagi “Baxmal juice master” MCHJ, Sirdaryo viloyatidagi “Sub-Dry” MCHJ, Farg'ona viloyatidagi “Evroprint Kokand” MCHJ, “Eco export Trade” MCHJ kabi ana shunday yangi korxonalar hisobiga hududlarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga erishilmoqda.
Yil yakuniga qadar hududiy loyihalar asosida jami 350 ga yaqin oziq-ovqat korxonalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.