Yigʻilish doirasida 6 blokli kam quvvatli AES qurilishi shartnomasi kuchga kirish tartibi toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolandi.
2024-yil 26-iyun kuni “Oʻzatom” Atom energiyasi agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi muhandislik boʻlimi rahbarlarining rasmiy uchrashuvi doirasida kam quvvatli atom elektr stansiyasi (KQAES) maydonida KQAES qurilishi shartnomasi kuchga kirish tartibi toʻgʻrisidagi bayonnomasini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Delegatsiya kuz oyida 6 blokli AES uchun infratuzilma obyektlari yaratilishi rejalashtirilayotgan maydonni koʻzdan kechira turib, shtab maydonida belgilangan vaqtda qurilish ishlarini boshlash – barcha infratuzilma bilan taʼminlangan quruvchilar shaharchasini barpo etishga kirishish borasida kelishuvni amalga oshirish yuzasidan dastlabki masalalarni muhokama qildi.
Shuningdek, “Oʻzatom” agentligi rahbari ishtirokida 27-may kuni AES qurilishi boʻyicha shartnoma kuchga kirishi toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolangan edi. Ushbu bayonnomani “Oʻzatom” Atom energiyasi agentligi AES qurilish direksiyasi direktori Otabek Amanov va Markaziy Osiyoda AES qurilishi loyihasi “Atomstroyeksport” AJ direktori Pavel Bezrukov imzolashdi.
Delegatsiyaning qurilish maydoniga tashrifi doirasida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev bilan uchrashuv tashkil etildi.