Oʻzbekistonda sotuvga chiqayotgan yangi “Tracker”ning narxi maʼlum boʻldi

    Sanoat 25 Yanvar 2021 1362

    Oʻzbekistonda 25-yanvar kuni sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan yangi avlod “Tracker”ining narxi maʼlum boʻldi.

    Qayd etilishicha, yangi “Tracker” xaridorlar uchun muhim boʻlgan jihatlarni oʻzida mujassamlashtirgan:

    • zamonaviy dizayn;
    • xavfsizlik;
    • qulaylik;
    • samaradorlik;
    • tejamkorlik.

    Shuningdek, avtomobil panorama lyuk, Led chiroqlar va 8 dyuymli sensor ekranga ega boʻlgan audio tizim bilan jihozlangan.

    Shu bilan birga quyidagi texnik xususiyatlar ega:

    • zamonaviy uch silindrli “Ecotec” turbomotor;
    • aralash sikldagi yoqilgʻi sarfi 5,5 l / 100 km, quvvati 123 ot kuchi;
    • 6 pogʻonali avtomatik uzatmalar qutisi;
    • kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;
    • yoqilgʻi sarfini tejashga moʻljallangan “Stop-start” intellektual tizimi;
    • yangilangan va katta hajmli yukxona.

    Yangi “Tracker” 2021-yilning 25-yanvar sanasidan boshlab quyidagi komplektatsiyalarda, “Chevrolet” standartlari talablariga toʻliq javob beradigan dilerlik markazlarida xarid qilish mumkin:

    • boshlangʻich komplektatsiya: 145 130 000 soʻmdan boshlanadi;
    • LT komplektatsiya: 193 043 478 soʻm. (Narxlar QQSsiz koʻrsatilgan).