Oʻzbekistondagi qulay investitsiya muhiti Tataristonda eʼtirof etildi

    Biznes 2 Mart 2023 719

    “Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparki va “Jizzax” texnoparkida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari Tataristonda namoyish etildi.

    Oʻzbekistoning Qozondagi Bosh konsulligi maʼlumotiga koʻra, Tatariston Sanoat va savdo vazirligining 2022-yil uchun sanoat sohasidagi faoliyati natijalari va

    2023-yil rejalariga bagʻishlangan kengashi doirasida Tatariston sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan koʻrgazma boʻlib oʻtdi.

    Unda “Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparki va “Jizzax” texnoparkidagi “Ximgrad” OAJ alohida boʻlma tashkil qilgani holda oʻz mahsulotlarini namoyish etdi.

    “Ximgrad” OAJ direktori A.Gizzatullin Kengashdagi nutqida tataristonlik ishbilarmon doiralar vakillariga Oʻzbekistonda tashkil etilgan “Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparki va “Jizzax” texnoparkida yaratilgan qulay sharoitlar haqida maʼlumot berdi. U mahalliy ishbilarmonlarni Oʻzbekistonda oʻz bizneslarini rivojlantirishga chaqirdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

    “Tatariston tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy koʻrsatkichi va muvaffaqiyati 2022-yil mart oyida Oʻzbekistonning Toshkent viloyatidagi “Chirchiq” kimyo-anoat texnoparkidagi loyihaning hayotga

    tatbiq etilishi boʻldi. Bu chet elda mahalliylashtirish boʻyicha birinchi ishga tushirilgan platformadir. Bundan tashqari, Tatariston Raisi boshchiligidagi delegatsiyaning

    2022-yil oktyabr oyida Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari boʻyicha “Ximgrad” OAJ Jizzax viloyatida sanoat parkini yaratish boʻyicha ishlarni boshlab yuborgan”, dedi A.Gizzatullin.