Oʻzbekistondan Gruziyaga koʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda

    Transport 18 Iyun 2021 1059

    “Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmatining xabar berishicha, Oʻzbekistondan Gruziyaga Toshkent–Tbilisi–Toshkent koʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.

    Maʼlum qilinishicha, parvozlar 4-iyuldan boshlab yakshanba kuni amalga oshiriladi. Qatnovlar haftasiga seshanba, juma va yakshanba kunlari bajariladi.

    Shuningdek, yoʻnalish boʻyicha aviachipta narxlari ochiqlangan:

    • Toshkent–Tbilisi — 2 340 000 soʻmdan;
    • Toshkent–Tbilisi–Toshkent — 4 070 000 soʻmdan boshlanadi.

    Shu bilan birga, yakshanba kuni amalga oshiriladigan yangi aviaqatnovning uchish vaqti maʼlum qilingan:

    • Toshkentdan uchish — 08:10;
    • Tbilisiga kelish — 10:30;
    • Tbilisidan uchish — 11:30;
    • Toshkentga kelish — 15:30.