Maʼlum qilinishicha, parvozlar 4-iyuldan boshlab yakshanba kuni amalga oshiriladi. Qatnovlar haftasiga seshanba, juma va yakshanba kunlari bajariladi.

Shuningdek, yoʻnalish boʻyicha aviachipta narxlari ochiqlangan:

  • Toshkent–Tbilisi — 2 340 000 soʻmdan;
  • Toshkent–Tbilisi–Toshkent — 4 070 000 soʻmdan boshlanadi.

Shu bilan birga, yakshanba kuni amalga oshiriladigan yangi aviaqatnovning uchish vaqti maʼlum qilingan:

  • Toshkentdan uchish — 08:10;
  • Tbilisiga kelish — 10:30;
  • Tbilisidan uchish — 11:30;
  • Toshkentga kelish — 15:30.