Oʻzbekistonlik yengil atletikachi Safina Saʼdullayeva finalga chiqdi

    Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Safina Saʼdullayeva "Parij-2024" yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.

    Balandlikka sakrash dasturining saralash bosqichida ishtirok etgan Safina V guruhida 1.95 metr natija qayd etib, 4-avgust kuni boʻlib oʻtadigan final dasturiga yoʻllanma oldi.

    Maʼlumot uchun, Safina Saʼdullayeva xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi va bir qator nufuzli turnirlarda sovrindor boʻlgan.

    Safina Saʼdullayeva yengil atletikachilarimizning Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini boshlab berdi.

    Mavsumdagi eng yaxshi natijasini koʻrsatgan Saʼdullayeva shu tariqa 4-avgust kuni boʻlib oʻtadigan final dasturiga yoʻllanma oldi.