Oʻzbekistonlik oʻquvchi 53-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPHO) bronza medalini qoʻlga kiritdi

    Ushbu medal Xalqaro fizika olimpiadasida (IPHO) qoʻlga kiritilgan Oʻzbekiston tarixidagi 3-bronza medali hisoblanadi.

    Joriy yilning 10-17-iyul kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi Javohir Sultonov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

    Maʼlumot uchun, mazkur olimpiadada 91 ta mamlakatdan jami 400 nafardan ortiq oʻquvchi ishtirok etdi. Ushbu medal Xalqaro fizika olimpiadasida(IPHO) qoʻlga kiritilgan Oʻzbekiston tarixidagi 3-bronza medali hisoblanadi.

    Terma jamoamiz aʼzolari mazkur nufuzli musobaqada 2015-yildan buyon ishtirok etib kelishmoqda va hozirga qadar jami 3 ta bronza medalni (2018, 2021, 2023) qoʻlga kiritishgan.