Qatar davlatidagi metropoliten tizimida tajribali mutaxassislar uchun ish imkoniyatlari yaratilmoqda. Job Bridge xususiy bandlik agentligi radio muhandislik sohasida malakaga ega boʻlgan mutaxassislarni ishga taklif etmoqda.
Agentlik maʼlumotiga koʻra, tanlab olingan nomzodlar Qatarda doimiy mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega boʻladi. Ish vaqti oyiga 192 soat etib belgilangan, qoʻshimcha ish soatlari uchun alohida haq toʻlanadi. Nomzodlarga oyiga 3500 AQSH dollari miqdorida maosh toʻlanadi. Yotoqxona ish beruvchi tomonidan bepul taqdim etiladi.
Radio muhandislik yoʻnalishida jami 12 ta lavozim mavjud. Nomzodlar uchun quyidagi talablar belgilangan: 50 yoshgacha boʻlgan erkak va ayollar, xorijga chiqish pasporti nusxasi, sudlanmaganlik haqida maʼlumotnoma (ingliz tilida), bakalavr diplomi hamda ingliz tilini B2 darajada bilish.
Ish beruvchi tomonidan sugʻurta bilan taʼminlangan mehnat shartnomasi, borish uchun avia chipta va ish vaqtida bir mahal ovqat beriladi.
Nomzodlar Migratsiyasi agentligining Xorijda ish platformasi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari lozim.