Tomonlar imzolagan hujjat Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, multimodal transport yo‘laklarini rivojlantirish va sohani raqamlashtirishga qaratilgan.

Memorandum Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomonlama va tranzit aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mavjud transport yo‘laklarining salohiyatini ro‘yobga chiqarish va istiqbolli xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Tomonlar, shuningdek, temir yo‘l transportini isloh qilishda raqamlashtirish va tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik qilish niyatida. Hamkorlikning muhim jihati kadrlar tayyorlash va o‘qitish bo‘ladi.