Shu kuni Toshkentda oliy harbiy oʻquv muassasalari bitiruvchilari ishtirokida Vatan Qalqoni harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi ham oʻtkaziladi.
“BYD Yangi nafas” va Vatan qalqoni ommaviy yugurish musobaqalarida maktab oʻquvchilari, talabalar, sayyohlar, tadbirkorlik va davlat tuzilmalari vakillari, harbiy xizmatchilar, jamoat arboblaridan iborat 60 mingga yaqin kishi ishtirok etadi.
Anʼanaviy ommaviy yugurish musobaqasi masofasi 3 km boʻlib, Andijon, Namangan, Fargʻona, Nurafshon, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi, Buxoro, Qorovulbozor, Gʻuzor, Urganch va Nukus shaharlarining markaziy koʻchalari boʻylab oʻtadi.
Тoshkentda poyga starti “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida beriladi. Barcha ommaviy yugurish musobaqalari bir vaqtning oʻzida ertalab soat 07:00 da boshlanadi.