Agentlikning xabar berishicha, shu yilning 6—11-mart kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida 6 viloyatida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi.
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining togʻlari);
- Namangan viloyati Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi.
Togʻli hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraldi.