Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yoʻnalishlarini belgilab beruvchi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari joriy yilning 31-iyulidan boshlab regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik koʻrsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan boʻlib, unda 5 ta yoʻnalish boʻyicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli koʻrsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati tasdiqlanmoqda.
Fuqarolardan loyihalarning muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarni regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallariga yuborishlarini soʻraymiz.