Oʻzbekistonning 2030-yilga moʻljallangan eksport strategiyasi ishlab chiqiladi

    Biznes 11 Noyabr 2023 1060

    Eksport salohiyatini kengayishi mamlakatimiz iqtisodiy yuksalishi va farovonligining muhim omillaridan biridir. Mahsulot va xizmatlarning sifati, raqobatbardoshligini oshirish ularni xorijiy xaridorlar uchun yanada jozibador qilish imkonini beradi.

    Bunga texnologiyalarni takomillashtirish, sifat standartlarini yaxshilash, brend va marketing strategiyalarini ishlab chiqish kiradi. Eksport geografiyasini kengaytirish mavjud xavflarni diversifikatsiya qilish va eksport hajmini oshirishga yordam beradi.

    Oʻzbekiston 2030-yilda tovar va xizmatlar eksportini $45 mlrd yetkazish maqsadi qoʻyilgan boʻlib, mazkur koʻrsatkichga erishish uchun keyingi 5 yilda amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilab olindi.

    Jumladan:

    – eksportchi korxonalar soni 6,5 mingtadan 15 mingtaga yetkaziladi;

    – aylanma mablagʻlar uchun 600 dan ortiq korxonaga Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan qulay shartlarda mablagʻlar ajratiladi;

    – GSP+va boshqa tizimlardan foydalangan holda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar eksporti 3,3 barobarga koʻpaytiriladi;

    Xususan, “GSP+” tizimi doirasida Yevropa davlatlariga toʻqimachilik mahsulotlari eksport hajmlarini $1,7 mlrd, qurilish materiallari eksport hajmi $170 mln, elektrotexnika sanoati mahsulotlarining eksport hajmi $150 mln, charm-poyabzal sanoati mahsulotlari eksporti $165 mln, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti $165 mln, alkogol va tamaki mahsulotlar eksporti $16 mln va farmatsevtika mahsulotlar eksporti $17 mlnga yetkaziladi.

    – xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar soni 10 barobarga oshirilib, ularning soni 5 mingtaga yetkaziladi;

    Tarmoqlar va sohalarda 2030-yilga borib xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar soni toʻqimachilik sohasida 700 taga, qurilish sohasida 1 400 taga, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida 1 475 taga, charm-poyabzal sohasida 425 taga va elektrotexnika sohasida 600 taga oshadi.

    – xorijiy brend mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan «autsorsing» va «franchayzing» asosida hududlarda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish choralari koʻriladi.

    Bunda, Biznes-forumlar, uchrashuvlar va “V2V” formatida muzokaralar oʻtkazish uchun mamlakatlar kesimida toʻqimachilik mahsulotlarining yetakchi xalqaro brendlari roʻyxati shakllantiriladi.

    Yetakchi brendlar jalb qilinadi, ular bilan shartnomalar tuzish orqali xalqaro yetakchi konsalting tashkilotlari jalb qilinadi.

    Misol uchun: Xalqaro moliya korporatsiyasi (AQSH), Voston Sonsulting Group (AQSH), Deloitte (Buyuk Britaniya), MsKinseu & Somranu (AQSH), KRMG (Niderlandiya), PwC (Price Water House Coopers) (Buyuk Britaniya), Vain & Komraniua (AQSH), Oliver Wuman (AQSH).

    Zamonaviy marketing va menejment tizimlarini ishlab chiqarishni joriy qilish, “autsorsing” va “franchayzing” asosida xorijiy brendlar mahsulotlarini ishlab chiqarish, xorijiy texnolog va dizaynerlar bilan hamkorlik oʻrnatish va ularni yurtimizga jalb qilish maqsadida 202Z-20Z0 yilarda salohiyatli mahalliy tadbirkorlarni saralab olgan holda charm-poyabzal sanoati rivojlangan davlatlar, xususan, Italiya, Portugaliya, Germaniya, Ispaniya, Turkiya, davlatlarida "road show" tadbirlarini tashkil qilinadi.

    Taniqli brend egalari bilan ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qoʻshilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda “autsorsing” va “franchayzing” asosida mahalliy korxonalar bilan hamkorlikda ishlab chiqarish tashkil etiladi.

    Xorijiy davlatlarda tashkil qilinayotgan biznes-forumlar va tadbirlar doirasida hamda alohida hizmat safarlar tashkil etgan xolda yetakchi xorijiy brend ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan uchrashuvlar tashkil qilinadi.

    – Eksportchi korxonalarni moliyaviy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash choralarini davom ettirish, shu jumladan ushbu maqsadlarga 2030-yilgacha $2 mlrd mablagʻlarni yoʻnaltirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqiladi.