Oʻzbekistonning uch hududida valyutafurushlar ushlandi

    Ularning yonidagi pullar ashyoviy dalil sifatida olingan

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.B. jami 3 400 AQSH dollarini fuqaro N.S.ga 43,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shu kabi, Departamentning Bogʻot tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan B.X. fuqaro T.I.dan 3 300 AQSH dollarini 41,9 mln soʻmga sotib olishga kelishib, 25,9 mln soʻmni bergan vaqtida ushlanib, uning yonidan 4 220 AQSH dollari va 25,9 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Departamentning Guliston shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan P.J. jami 3 100 AQSH dollarini fuqaro M.X.ga 39,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.