Аyni paytda “Oʼzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati va uning tizim tashkilotlarida 22 617 ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Ularning kasbiy malakasini oshirish uchun samarali ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, joriy yilning fevral-mart oylarida hududlar kesimida iqtisod, ekspluatatsiya, texnika xavfsizligi boʼyicha 292 mutaxassisning malakasini oshirish maqsadida oʼquv-seminarlari va amaliy mashgʼulotlar tashkil etilgan. Yil oxirigacha barcha hududiy suv taʼminoti tashkilotlarining yana 2000 xodimini oʼqitish rejalashtirilgan.

Shuningdek, mart-aprel oylarida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida “Oʼzsuvtaʼminot” АJ tasarrufidagi hududiy suv taʼminoti korxonalarining 32 nafar rahbar va xodimlari uchun “Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya sohasida zamonaviy boshqaruv” mavzusida oʼquv kurslari oʼtkazildi.

Аyni kunlarda esa tashkilotlarda mehnat kilayotgan 660 nafar laboratoriya xodimlari attettatsiyadan oʼtkazilmoqda. Mahalliy mutaxassislarni dunyo tajribasida qoʼllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish va ularning malakasini oshirish maqsadida Latviyaning “Cleantech Latvia” Koreya Respublikasining “K-Water” Frantsiyaning “Suez” kompaniyalari va boshka xorojiy tashkilotlar bilan hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan.
Bundan tashqari, kadrlar boʼyicha yurtimizdagi oliy taʼlim muasassalari bilan ham shartnomalar imzolangan.

– Biz “Oʼzsuvtaʼminot” АJ bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Bizning Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedramiz ichimlik suvi masalalari bilan shugʼullanadi. Suv taʼminoti muhandislik tizimlari boʼyicha yangi yoʼnalish ham ochganmiz. Bu yil birinchi bitiruvchilarimiz chiqadi. Ularning 100 foizini ushbu АJga ishga joylashtirish boʼyicha shartnoma imzolaganmiz – deydi TIQXMMMTU rektori B.Mirzayev.

Аnjumanda Jamiyat rahbariyati va mutasaddilari xalqaro moliya instituti vakillari, mahalliy OTM rektorlari va OАV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir soʼngida jurnalistlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Ulugʼbek Kamolov,

OʼzDJTU talabasi