2019 yilda Xitoyda sut ishlab chiqarishning umumiy hajmi 32,01 million tonnani tashkil etgan. 2020 yil yanvar`-mart oylarida Xitoyda sut ishlab chiqarish 8 foizga, sigirlar soni 0,4 foizga ko'paygan bo'lsada, koronavirus pandemiyasi tufayli sutni qayta ishlash hajmi 17 foizga kamaygan.
Mamlakatda sut mahsulotlari import hajmi oshib bormoqda. Misol uchun, mart oyidan sut mahsulotlari importi jismoniy ko'rinishda 10 foizga o'sgan. Xususan, sariyog' importi 99,7 foizga, pishloq importi 25,8 foizga oshgan.
CAAS Xitoyda xom sut ishlab chiqarish hajmi 2028 yilga borib 65 million tonnaga etishini taxmin qilmoqda.