Ma'lumki, dunyoda pandemiya sharoitida  millionlab ish o'rinlari yo'qotildi. Milliardlab iqtisodiy zarar ko'rilyapti. Lekin mamlakatimizda o'z vaqtida zarur chora-tadbirlar ko'rilayotganligi bois, pandemiyaning zarari kam bo'lyapti. Ayniqsa, yoshlar bandligini ta'minlashda  sezilarli o'zgarishlarga erishilyapti. 

Bu borada Quyi CHirchiq tumanida olib borilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. “Galabotir” mahallasining Ko'kariq ko'chasida istiqomat qiluvchi Behzod O'rinboev ishsiz bo'lgan tengdoshlari bilan maslahatlashib, bir loyihani boshlashdi. 15 nafar yoshlar bilan birgalikda 10 quti ipak qurti boqishga qaror qilishdi. Hozir ipak qurti oxirgi uyquga ketgan bo'lib, erta-indin hosilni yig'ishtirib olishga kirishishadi. 

 – Besh kishi barg olib keladi, qolganlar shoxlarning barglarini qirqib qurtlarga berish va parvarish yumushlari bilan band, – deydi Behzod O'rinboev. – Ishimiz yomon emas. Hozirgacha har bir quti uchun 250 ming so'mdan avans puli berishdi. Hosil pishib etilgach, har quti uchun yana 750 ming so'mdan berishadi. “Kumush tola”ning  kilogrammiga 20 500 so'mdan  to'lashadi. SHunda har birimiz mavsumda 2,5 million so'mdan pul olamiz. Bu kam pul emas. eng muhimi, har birimizga bir yillik ish staji yoziladi. 

“Mingchinor mahallasida istiqomat qiladigan, 26 yoshlik Azimbek Toshtirov ham bir quti ipak qurti boqmoqda. Ota kasbi dehqonchilik bo'lgan Azimbekka bu ish qiyinchilik tug'dirmayapti. Bilmaganlarini so'rab-surishtirib o'rganmoqda. Bugun tumanda bunday yoshlar ko'plab topiladi. 

  – Ipak qurti parvarish qilish albatta, mayda ish, – deydi Begoyim Mirzaqulova. – Ko'pchilik buni xohlamaydi. Lekin pulini eshitib, darhol rozi bo'lishadi. Pilla etishtirishdan olgan daromadimizning bir qismini “Har yoshga – bir gektar” dasturi asosida berilayotgan erga  sarflaymiz. Nasib qilsa, er yaxshigina daromad beradi. SHunday qilsak, chet davlatlarga borib ishlashga ham hojat qolmaydi. 

 SHuningdek, tumanda “Har yoshga – bir gektar” dasturi, qishloq xo'jaligi, chorvachilik, issiqxona xo'jaligi, hunarmandchilik, tikuvchilik va kasanachilik sohalarida ham yoshlarning bandligi ta'minlanyapti. Doimiy ish bilan shug'ullanish farovonlik manbai deb bejiz aytilmagan.  

Ma'lumotlarga ko'ra, joriy yilning 1 yanvar` holatiga Quyi CHirchiq tumanida 18-32 yoshgacha bo'lgan  yigit-qizlar 26685 nafardan iborat bo'lib, ularning 1304 nafari ishsiz bo'lgan. Joriy yilning birinchi choragida 756 nafar yigit-qizning bandligi ta'minlandi. Xususan, tumandagi “TCT  AGROKASTER” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga 546 nafar, pillachilikka 52 nafar, “Har bir oila-tadbirkor” dasturi bo'yticha 12 nafar, Bandlik jamg'armasi orqali haq to'lanadigan jamoat ishlariga 25 nafar, kasanachilik va tikuvchilikka 24 nafar, boshqa sohalar bo'yicha esa 97 nafar yosh ishga joylashtirildi. 

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, viloyatda pandemiya sharoitida ishsiz bo'lgan 68274 nafar fuqarodan 38037 nafarining bandligi ta'minlandi. Bunda asosiy e'tibor ehtiyojmand oilalar a'zolari va karantin sharoitida ishsiz qolgan fuqarolar bandligini ta'minlashga qaratilyapti.