Erkaklar oʼrtasida T13 klassida 100 metr masofaga yugurish bahslarida Doniyor Аhmedov oltin medalni qoʼlga kiritdi. Xuddi shu masofaga T36 klassida yugurishda ishtirok etgan Izzat Turgʼunov ham oltin medalga sazovor boʼldi.

Bundan tashqari, ayolllar oʼrtasida T11 klassida 100 metr masofaga yugurishda yana bir hamyurtimiz Аsila Mirzayorova 3-natijani qayd etdi va bronza medalini qoʼlga kiritdi.

Milliy Paralimpiya qoʼmitasi matbuot xizmati maʼlumotiga koʼra, ayni damda delegatsiyamiz hisobida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali mavjud.