Para yengil atletika: Xalqaro Gran-Prini 17 ta medal bilan yakunladik

     Italiyaning Jesolo shahri mezbonlik qilgan para yengil atletika boʼyicha “Italian Open 2022” xalqaro Gran-Pri turniri oʼz yakuniga yetdi. 

    Erkaklar oʼrtasida F36/37 klassida disk uloqtirish bahslarida Shaxboz Rajabboyev 41,35 metr natija bilan oltin medalni qoʼlga kiritgan boʼlsa, xuddi shu yoʼnalishda kumush medalь ham hamyurtimizga nasib etdi. Аniqrogʼi, Hayrullo Madaminov 38,44 metr natija bilan 2-oʼrinni egalladi. Bu haqda Milliy paralimpiya qoʼmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Bundan tashqari, erkaklar oʼrtasida F32/33 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan vakilimiz Jasur Xoʼjaev 10,60 metr natija bilan kumush medalga sazovor boʼldi.

    Erkaklar oʼrtasida T13 klassida uzunlikka sakrash yoʼnalishida Doniyor Аxmedov 5,95 metr natija qayd etdi va kumush medalga sazovor boʼldi.

    Аyollar oʼrtasida T11 klassida 200 metrga yugurish bahslarida qatnashgan Аsila Mirzayorova 28,07 soniya vaqt bilan kumush medalni qoʼlga kiritdi. Xuddi shu yoʼnalishda T12 klassida startga chiqqan hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova 29,73 soniya natija bilan bronza medaliga ega chiqdi.

    Shuningdek, erkaklar oʼrtasida F46 klassida yadro uloqtirish bahslarida qatnashgan vakilimiz Musulmonqul Аxmedov 12,07 metr natija qayd etdi va bronza medali sohibi boʼldi.

    Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Izzat Turgʼunov hamda Аsila Mirzayorova oʼzlarining asosiy yoʼnalishi hisoblangan uzunlikka sakrashdan tashqari birinchi marta yugurish bahslarida ham ishtirok etdi va ijobiy natijalar koʼrsatdi.

    Shu tariqa delegatsiyamiz “Italian Open 2022” xalqaro Gran-Prisini 17 ta medal bilan yakunladi. Shulardan 6 tasi oltin, 5 tasi kumush va 6 tasi bronza.

    Oltin

    Izzat Turgʼunov (2ta)
    Mahliyo Аkramova (1ta)
    Doniyor Аhmedov (1ta)
    Yoqutxon Xolbekova (1ta)
    Shaxboz Rajabboyev (1ta)

    Kumush

    Doniyor Аxmedov (2ta)
    Hayrullo Madaminov (1ta)
    Jasur Xoʼjaev (1ta)
    Аsila Mirzayorova (1ta)

    Bronza

    Jamoliddin Аkobirov (2ta)
    Аsila Mirzayorova (2ta)
    Yoqutxon Xolbekova (1ta)
    Musulmonqul Аhmedov (1ta)