"Ushbu nufuzli musobaqada yuqori natijalarni qayd etishni maqsad qilgan para kanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ayni damda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda", deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati. 

Ta’kidlanishicha, Kanadada bo‘ladigan Jahon chempionatida quyidagi sportchilar yurtimiz sharafini himoya qilishi rejalashtirilgan:

Muxlisa Eshmirzayeva VL3
Shahnoza Mirzayeva KL3
Hasan Qo‘ldoshev  KL3
Hayitmurod Sherqo‘ziyev VL3