Para Osiyo o‘yinlari yurtimiz vakillari uchun omadli boshlandi

    Xanchjouda Para Osiyo o‘yinlari rasman start oldi. Bugundan vakillarimizning musobaqadagi ishtiroki boshlandi.

    Para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasida VL3 klassida final bellashuvlari yurtimiz vakillari uchun omadli boshlandi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan vakilimiz Shahzoda Mamadaliyeva 58.775 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va delegatsiyamiz hisobiga ilk oltin medalni yozdirib qo‘ydi.

    Para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasida VL2 klassida final bahslari yakuniga ko‘ra yana bir vakilamiz Iroda Rustamova 1:02.775 daqiqa natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib kelib, delegatsiyamiz hisobiga ikkinchi oltin medalni qo‘shtirib qo‘ydi.

    Para kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida VL2 klassida final bahslarida hamyurtimiz Azizbek Abdulhabibov 42.487 soniya natija bilan delegatsiyamiz hisobiga uchinchi oltin medalni olib berdi.

    Shuningdek, para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F32 klassida klab uloqtirish bo‘yicha bahslar yakunlandi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Sarvar Azimov 39.13 metr natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.