Eʼtiborlisi, musobaqaning dastlabki kuni vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Aniqrogʻi, erkaklar oʻrtasida S13 klassida 100 metrga batterflyay usulida suzish bahsida Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari sovrindori Islam Aslanov 56.94 soniya natija bilan marraga 3-boʻlib yetib keldi va bronza medaliga sazovor boʻldi.
Hamyurtlarimizning jahon chempionatidagi ishtiroki davom etmoqda.