Para taekvondo: Chuncheon ochiq chellenjida 5 ta medal qoʻlga kiritildi

    Sport 12 Iyul 2025 1088

    Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida para taekvondo boʻyicha “World Para Taekwondo Open Challenge” xalqaro musobaqasi oʻtkazildi.

    Qayd etilishicha, dunyoning 27 mamlakatidan jami 158 nafar atletlar bahs olib borishgan turnirda terma jamoamiz aʼzolari ham ishtirok etdi.

    10 ta vazn toifasida tashkil etilgan bellashuvlarda termamizning 18 nafar vakili dayangga koʻtarilib, yakunda ularning 5 nafari shohsupaga koʻtarildi.

    Oltin:

    • Javohir Aliqulov (70 kg).

    Bronza:

    • Qudrat Muhammadiyev (80 kg)
    • Asad Toshtemirov (+80 kg)
    • Qizlarxon Isomiddinova (47 kg)
    • Karomat Rustamova (52 kg).