Para taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada eʼtirof etildi

    Sport 29 Aprel 2025 621

    Xitoyning Tayan shahrida para taekvondo boʻyicha “Xalqaro taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi“ musobaqasi boʻlib oʻtdi.

    Qayd etilishicha, ushbu musobaqada terma jamoamiz ushbu musobaqada umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdan tashqari bir qator nominatsiyalarda ham eʼtirof etildi.

    Jumladan:

    Bobur Qoʻziyev — eng yaxshi murabbiy;
    Qudrat Muhammadiyev — eng yaxshi erkak sportchi;
    Karomat Rustamova — eng yaxshi ayol sportchi;
    Qizlarxon Isomiddinova — eng yaxshi yosh sportchi.