Parij-2024: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev finalga chiqdi

    Parijda boʻlib oʻtayotgan Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida hamyurtimiz Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev zafarli yurishlarini davom ettirmoqda.

    -71 kg vazn toifasida yarim final bahsini oʻtkazgan Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev, final yoʻlida AQSH vakili Omari Jonesni 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchratib finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

    Asadxoʻja 9-avgust kungi finalda meksikalik Marko Verde Alvaresga qarshi ringga koʻtariladi.