Bugun Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasining 4 nafar sportchisi 3 ta sport turi boʻyicha qatnashadi.

— Yunon-rum kurashi: Aram Vardanyan (-77 kg) — 14:30.

— Yunon-rum kurashi: Rustam Assakalov (-97 kg) — 14:30.

— Ayollar kurashi: Aktenge Keunimjayeva (-50 kg) — 14:30.

— Boks: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (-71 kg) — 00:30.

Afsuski, kechagi bahslardan soʻng yunon-rum kurashchimiz Islom Bahromov -60 kg vazn toifasida bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qoʻldan boy berdi.